arduino nima?

Arduino nima?

Arduino – bu  o’zining protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo’lgan kichik bir plata hisoblanadi. Shuningdek, platada bir nechta o’nlab kontaktlar mavjud, ular orqali har xil elektr komponentalar va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo’ladi, masalan: led chiroqlar, datchiklar, rele modullari tarmoq (Wi-fi, Bluetooth, Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar.

Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi yoshlarga juda qo’l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo’lgan dastur, algoritmlar yaratgan holda har xil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni bajarish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir.

Arduino nima?Arduino nima maqsadda ishlab chiqilgan?

Arduino Ivrea Interaction Design Institute (eng.)da elektronika yoki dasturlash bo’yicha ma’lumotga ega bo’lmagan talabalarning bilimlarini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Shuning uchun uni ishlatish foydalanuvchilar uchun qulay bo’lib kelmoqda.

Bugungi kunda Arduino platformasi ko’plab turli xil loyihalarda ishlatilmoqda. Talabalar, qiziquvchilar, rassomlar va hattoki professional dasturchilar ham Arduinoning ochiq manbali platformasidan foydalanadilar.

Ta’lim sharoitida Arduino robototexnika va dasturlash darslari uchun ishlatiladi. Dizaynerlar va me’morlar undan interfaol prototiplarni yaratish uchun foydalanishi mumkin. Bu investorlarga tayyor loyiha qanday bo’lishi mumkinligini ko’rsatishda juda katta yordam beradi. Musiqachilar undan yangi asboblarni sinovdan o’tkazish uchun foydalanadilar. E’tibor berganingizdek bu ko’p qirrali mahsulot.

Arduino plitalarining turli xil turlari mavjud (bu haqda maqola so’ngida batafsilroq berilgan). Arduinoni o’rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi.  Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi protsessori, mikrokontrolleri, raqamli va analog chiqishlarning ko’p yoki kamligi bilan farqlanadi.

Arduino dasturiDasturiy taminot

Arduino texnik va dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma. Uning dasturlari oddiy C ++ formatida yozilgan bo’lib, pinlarda kiritish-chiqarishni boshqarish uchun oddiy va tushunarli funktsiyalar bilan to’ldirilgan. Agar siz allaqachon C ++ tilini bilsangiz – Arduino dasturlari kompyuter doirasi bilan cheklanib qolmay, unga ta’sir o’tkazadigan yangi dunyo eshiklari ochiq. Agar siz dasturlash uchun yangi bo’lsangiz bu muammo emas osonlikcha o’rganishingiz mumkin, bu oddiy.

Arduinoning turlari

  • Arduino Uno
  • Arduino Yun
  • Arduino Duemilanove
  • Arduino Diecimila
  • Arduino Nano
  • Arduino Mega
  • Mega 2560, Mega ADK
  • Arduino Leonardo
  • Arduino Micro
Звёзд: 1Звёзд: 2Звёзд: 3Звёзд: 4Звёзд: 5 (3 baho, o‘rtacha: 4.33 / 5)
Loading...

IT texnologoyalar, dasturlash, robototexnika haqida foydali va qiziqarli materiallar @INTEGERUZ

tg

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *