samsung bot handy

Samsung kompaniyasi Bot Handy nomli robot-manipulyatorini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi CES-2021 ko’rgazmasida Bot Handy deb nomlangan robotni namoyish qildi. Bu robot kirlarni yig’ish, idish yuvish mashinasini ishga tushirish, dasturxon yozish, ichimlik quyish va ichimlik olib kelishga qodir. Kompaniya robotni kamera va sun’iy aql yordamida ob’ektlarni taniy olishini aytmoqda.

“U oshxonada, mehmonxonada va qo’shimcha qo’l kerak bo’lishi mumkin bo’lgan uyning har qanday joyida  yordamchi sifatida ishlab chiqilgan” – deydi Samsung kompaniyasining prezidenti va bosh direktori Sebastian Seung  kompaniyaning «Better Normal for All» nomli matbuot anjumanida.

bot handy

Ayni paytda Bot Handy robotining tijorat uchun ishlab chiqishga qanchalik yaqin ekanligi noma’lumligi robotning hali rivojlanish bosqichida ekanligidan dalolat beradi.

Hozirgi ko’rinishida Bot Handyda uchta bo’g’inli bitta manipulyator mavjud (yelkada, tirsakda va bilakda) – bu narsalarni olish va ushlab turishga qodir. Ob’ektni tanib olish uchun kameralar tanaga va qo’lga o’rnatilgan. Axborot displeyida odatda holat yoki hissiyotlarni etkazadigan ikkita ko’z ko’rsatiladi. Robot aylanma stolda harakatlanib, o’z joyida aylanib, yuqoriga o’sish orqali balandroq narsalarga yetishi mumkin.

Kompaniyani ta’kidlashicha, robot kerakli kuch bilan ushlab turish uchun nafaqat ob’ektlarning shaklini, balki materiali va vaznini ham baholay oladi.

Bot Handydan tashqari, Samsung birinchi marta 2019 yilda namoyish qilingan Bot Care robotining yangilangan versiyasini ham namoyish etdi. Bu sizga biror tadbirlarni rejalashtirishni, eslatmalarni eslatuvchi va mobil videoaloqa platformasi sifatida ishlaydigan shaxsiy yordamchi bo’lishi mumkin. Bot Handyda bo’lgani kabi, Samsungning Bot Careni yaratishda qanday bosqichlar bo’lganligi haqida hech qanday ma’lumot yo’q.

Haqiqiy mahsulotlarga kelsak, Samsung kompaniyasida joriy yilda chiqarilishi rejalashtirilgan LIDAR, 3D datchik va sun’iy intellekt bilan jihozlangan JetBot 90 AI + nomli robot changyutgichdir. Samsung kompaniyasining ta’kidlashicha, robot yetarli darajada aqlli masalan sinib ketishi mumkin bo’gan vaza yoki boshqa narsalardan uzoqroq turadi. Shuningdek, robot changyutgich SmartThings ilovasi bilan birlashtirilgan ichki kameraga ega, bu esa egasiga uyda hech kim yo’qligida uy hayvonlarini kuzatib borish imkonini beradi. JetBot 90 AI + AQShda 2021 yilning birinchi yarmida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan

robot plisos

Bundan tashqari, Samsung boshqa sun’iy intellekt bilan ishlaydigan dasturlarni ham ishlab chiqarmoqda. Xususan, xaridlarni amalga oshirishda yordam beradigan Bot Retail va Samsung ekzoskeletlari bo’lgan GEMS rivojlantirilmoqda.

Звёзд: 1Звёзд: 2Звёзд: 3Звёзд: 4Звёзд: 5 (1 baho, o‘rtacha: 5.00 / 5)
Loading...

IT texnologoyalar, dasturlash, robototexnika haqida foydali va qiziqarli materiallar @INTEGERUZ

tg

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *