kelajak kasblari

Kelajak kasblari haqida nimalar bilasiz?

Assalomu alaykum do’stlar, bugun kelajak kasblari haqida suhbatlashamiz 🚀.

Biz yuristlik, iqtisodchilik va oshpazlik kasblarini o’zlashtirayotgan bir paytimizda, Elon Mask Marsga uchishni reja qilmoqda, yerda avtomobillar avtonom harakatlanadi, Buyuk Britaniya esa robotlar uchun yordamchilar tayyorlashga millionlab funt sterling sarmoya kiritmoqda.

Yaqin kelajakda mashinalar 75% ish o’rinlarini egallashiga tayyor bo’ling. Ehtimol, O’zbekistondagi robototexnika to’lqini birozdan keyin sodir bo’lishi mumkin, ammo bu albatta sodir bo’ladi ☝️.

Keling, kelajakdagi – yangi va istiqbolli kasblar haqida to’xtalamiz. Chunki ularning rivojlanishi haqida hoziroq o’ylash kerak.

Kelajak mutaxassisliklari bo’yicha eng ko’p talab qilinadigan tarmoqlar:

• Biologiya;
• IT;
• Robototexnika;
• Kimyo;
• Menejment.

Muhandislik mutaxassisliklari trendda bo’ladi. Dizaynerlar va arxitektorlarga ham talab yuqori bo’ladi. Biroq, aqliy mehnat bilan bog’liq kasblar birinchi o’ringa chiqadi 🧠.

Barcha jismoniy ishlar mashinalar tomonidan bajariladi. Faqat sport istisno bo’lishi mumkin, ammo bu ham savol ostida – robotlar o’rtasidagi sport musobaqalari juda mashhurlashib bormoqda.

Ehtimol, O’zbekistonda kelajak kasblari AQSh yoki Evropaga qaraganda biroz keyinroq paydo bo’lishi mumkin. Ammo globallashuv va texnologiyalarning keng integratsiyasi sharoitida bu oraliq vaqt katta bo’lmaydi.

Bugungi kunda ham abituriyentlarga kelajak haqida o’ylash va yangi tendentsiyalarni kuzatish tavsiya qilinmoqda. Xuddi shu tavsiyalar talabalar va allaqachon ishlayotgan odamlar uchun ham mos keladi – zamon bilan hamnafas bo’lish muhim, shunda siz biron vaqt sivilizatsiyadan chetda qolmaysiz.

Siz biz bilanmi?

Звёзд: 1Звёзд: 2Звёзд: 3Звёзд: 4Звёзд: 5 (3 baho, o‘rtacha: 4.67 / 5)
Loading...

IT texnologoyalar, dasturlash, robototexnika haqida foydali va qiziqarli materiallar @INTEGERUZ

tg

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *