Lego WeDo 2.0

Robototexnika Lego WeDo 2.0

  • Kurs davomiyligi: 40 dars
  • Bir darsning davomiyligi: 90 daqiqa
  • Yosh:  1-4 sinf o’quvchilari
  • Dars: Lego WeDo 2.0 platformasida o’qitiladi

Kurs haqida

WeDo 2.0 boshlang’ich maktab yoshidagi bolalar turli Lego modellarini qurish orqali robotika asoslarini o’rganib borishadi. Kursning barcha mashg’ulotlari oddiydan murakkabgacha izchil o’tish uchun mo’ljallangan. Darslar davomida bolalar  robotlar nima va ular qanday yasalalishi haqida tushunchalarga ega bo’lib borishadi.

Darslar haqida

Har bir darsda bolalar oddiydan murakkabgacha bo’lgan ketma-ketlikda qiziqarli robotlar yasashadi. Robotlarni yasashda motor, va datchiklardan foydalanishadi va uni algoritmik vazifalardan foydalanib dasturlab chiqishadi.

Lego Education WeDo kursning xususiyatlari

Biz bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz va har bir dars texnika, hayvonlar, muhandislik inshootlari kabi atrof-muhit ob’ektlari bilan bog’liq bir qator mavzularni o’z ichiga oladi

O’yin elementi bizning kurslarimizning muhim qismlaridan biri bo’lib, bolaning diqqatini o’rganilayotgan mavzuga jalb qilish uchun biz har bir mashg’ulot o’yin tarkibiy qismlarini o’z ichiga olgan.

Lego WeDo 2.0
Robototexnika darsi

Darslarda ko’ngilochar va intellektual qismlar uyg’unlashgan

  • Tashkiliy qism
  • Haqiqiy dasturga bog’langan nazariya
  • Dizayn amaliyoti (robotni yig’ish)
  • Robotni dasturlash uchun algoritmik muammolarni hal qilish
  • Robotni sinovdan o’tkazish
  • Xulosa, aks ettirish

Bolalar nimalarni o’rganishadi?

Robotlar qanday ishlashini bilib olishadi

Robotlar qanday ishlashini bilib olishadi

Bolalar amalda hammasi qanday ishlashini bilib olishadi. Nima uchun biror narsa harakatlanmoqda, imo-ishoralarga javob beradi va h.k. Ular mexanika, fizika va matematik qonunlarini shu tarzda bilib olishadi. Keyin maktabda tushunish yanada osonroq bo’ladi.

Dasturlashni o'rganishadi

Dasturlashni o'rganishadi

Robotlarning ishlashi uchun ular tushunadigan maxsus tilda aniq ko’rsatmalar kerak. Shuning uchun bolalar har bir sinfda dasturlash kodini yaratadilar, shunda ularning roboti hayotga kiradi va ularning buyruqlariga bo’ysunadi. Haqiqiy algoritmlarni yozishni shu tarzda o’rganadilar. Bu esa juda katta intellektual harakat demakdir.

Injeneriya sohasidagi so'z birikmalarini o'rganadi

Injeneriya sohasidagi so'z birikmalarini o'rganadi

Algoritm, Loop va shunga o’xshash injeneriya sohasidagi so’zlar bilan so’z boyligini oshirib boradi. Ushbu so’z brikmalarini bilish va muhandislik, avtomatizatsiya yoki IT dunyosidagi odamlar bilan samarali muloqot qilish uchun nima qilish kerakligini bilib oladi.

Umumiy bilimlarni kengaytirishadi

Umumiy bilimlarni kengaytirishadi

Darslar robot yashash va dasturlashdan ko’ra ko’proq narsa beradi. Har bir dars – bu turli xil loyiha va mavzularda o’tiladi. Darslarimizning asosiy yo’nalishi insoniyat uchun muhim bo’lgan muammoni o’rganish yoki fizika va matematik qonunlarini o’rganishdan iborat.

Bilimlar bilan birga yaxshi odatlarni ham qabul qilishadi

Bilimlar bilan birga yaxshi odatlarni ham qabul qilishadi

Robot yasash va dasturlash bolalarni qunt bilan ishlashga, aniq bo’lishga va loyihalari ishlamayotgan paytda xatolarni topishga o’rgatadi. Bu esa yaxshi yashash odatlarini shakllantiradi ya’ni o’ziga ishonishni, intizomni va maqsadlarga intilishda sabr-toqatni o’rgatadi.

O'ziga ishonishni o'rganishadi

O'ziga ishonishni o'rganishadi

O’z qo’llari bilan yasagan robotni ko’rib ular o’zlarining qobiliyatlariga ishonishadi, ko’proq jasorat bilan harakat qilishadi va muvaffaqiyatsiz bo’lishidan qo’rqmasliklari kerakligi va o’zlariga va kuchlariga ishonishni o’rganishadi. Shunda hayot sinovlaidan o’tish osonroq bo’ladi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagach

Sertifikat

Kursni muvaffaqiyatli tugatganligi to’g’risida sertifikat. So’rovingiz bo’yicha ingliz tilida ham beriladi.

Lego WeDo