Web dizayn

UX/UI va web-dizayn kursi haqida

UX/UI Dizayn kursi o’quv dasturi web-saytlar dizaynini o’rganish va mobil ilovalarning web-interfeyslarini ishlab chiqishni istaganlar uchun yaratilgan. Interfeysga har bir zamonaviy odam ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishda, smartfonda kerakli sozlamalarni topishda, poezd yoki samolyot chiptasini buyurtma qilishda, bankomatlardan foydalanishda doimo duch keladi.

Ushbu kursda biz bolalarni axborot arxitekturasi, o’zaro ta’sirlar dizayni, grafik dizayn, kontentlar va turli xil tarkibiy qismlarni o’z ichiga olgan qulay interfeyslarni yaratishni o’rganadigan vositalar bilan tanishtiramiz.

Kurs kimlar uchun mo’ljallangan?

  • Web-dizayner bo’lishni orzu qiladigan yoshlar uchun
  • Chizishni va dizayn yaratishni sevuvchilar uchun
  • O’zgacha fantaziyalar qilishni yoqtiradiganlar uchun

Shuningdek kurs raqamli mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etishni istagan har bir yoshlar uchun foydalidir. Bundan tashqari, foydalanuvchi tajribasiga tatbiq etilgan dizayn bilan ishlashga qiziquvchilar, professional ravishda rivojlanish uchun ko’proq bilim olishni istaganlar uchundir.

web dizayn
web dizayn

Web dizaynni o’rganishga to’rtta sabab?

  • Kelajak uchun foydali kasb
    O’quvchilar web dizayner va frontend dasturchilar uchun foydali bo’lgan bilimlarga ega bo’ladilar . Kurs o’quvchilarga web-saytlar yaratish bilan shug’ullanishga, o’zlarining kuchli tomonlarini topishga va kasb tanlash to’g’risida qaror qabul qilishga yordam beradi.
  • Har tomonlama rivojlanish
    Web dizayn kasbida eskizlar va betakror dizayn yarataolish qobiliyatlari,  ijodiy fikrlash va texnik ko’nikmalar talab etiladi. Bularning barchasini kursda o’rgatamiz.
  • Qiziqarli darslar
    O’quvchilar ijod uchun cheksiz bo’shliqqa ega bo’ladilar. Siz nimani tasavvur qilsangiz shuni yaratishingiz mumkin.
  • Mustaqillik va erkinlikni rivojlanishi
    Kurs davomida o’quvchilar qaror qabul qilishni
    va maqsadlariga erishishni o’rganadilar . Dastur tanqidiy fikrlash, mantiqiy va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Kurs natijasida o’quvchilar nimalarni o’rganishadi?

  • Web-dizayn asoslarini
  • Kompyuterning loyihalashtirish vositalarini o’zlashtirishadi
  • Hozirgi interfeysni loyihalash texnikasini o’rganishadi
  • Muayyan loyihaning prototipini yaratish uchun vositalarni tanlashni o’rganishadi
  • Interfeys prototipini yaratish va sinovdan o’tkazish tajribasini o’rganishadi
  • Ma’lumotnomalar, hujjatlar, registrlar va jurnallar bilan ishlash bilim va ko’nikmalariga ega bo’ladilar
  • Web-sayt dizayni va individual dasturlarni yaratish qoidalari bilan tanishib borishadi
UX/UI dizayn kurs

Integer yoshlar texnoparkida o’qishning afzalliklari

  • Uch tomonlama dastur: texnik ko’nikmalar, ishbilarmonlik fikrlash, shaxsiy ishlash qobiliyatlari
  • Mashg’ulotlar tajribali IT o’qituvchilari bilan intiluvchan o’quvchilar davrasida o’tkaziladi
  • Guruhlar bolalar yoshiga va auditoriyasiga qarab 10 kishidan ko’p bo’lmagan holda tuziladi
  • O’quv amaliyotga asoslangan, shuning uchun har bir darsdan keyin ko’rinadigan natija mavjud
  • Biz muntazam ravishda ota-onalarga farzandlarining yutuqlari to’g’risida xabar beramiz va ularni ochiq darslarga taklif qilamiz

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagach

Diplom

Kursni muvaffaqiyatli tugatganligi to’g’risida diplom. So’rovingiz bo’yicha ingliz tilida ham beriladi.

Karyerangizni rivojlantirish

— mashg’ulotlar davomida mentor bilan doimiy muloqot
— bitiruvchilar va hamkorlarning yopiq klubiga kirish
— sizning portfolioingizga loyihalar
— turli sohalarda tadbirkorlik tajribasiga ega mutaxassislar hamjamiyati

web dizayn
kurs