Integer yoshlar texnoparki – O’zbekistonda ochilgan ilk yoshlar texnoparki

Dasturlash, robototexnika, dizayn va 3D modellashtirish yo’nalishlarida 20 dan ortiq kurslar orqali yoshlarga ta’lim berib kelmoqdamiz. O’zbekistondagi yoshlarni bilimlarini zamonaviy ta’lim bilan rivojlantiramiz va o’qitish samaradorligini oshirish uchun doimiy ravishda izlanishdamiz!

Nega biz Integer yoshlar texnoparkini tashkil qildik?

Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy ta’lim tizimining shiddat bilan o’sib borishini, zamonaviy kasblarga bo’lgan talablarning oshishini kuzatib, biz yoshlar zamonaviy o’quv markazini tashkil qilishga qaror qildik. Shunday qilib 2018-yilda o’quv markaz tashkil qilish g’oyasi paydo bo’ldi. Keyinchalik bizning ta’lim yo’nalishimiz asosan texnalogiya, injeneriya sohalari bo’lganligi bois, biz texnoparkka aylandik. Hozirda bizning texnoparkda 200 dan ortiq o’quvchilar ta’lim olmoqda.

Biz zamonaviy ta’limni rivojlantirmoqdamiz. Ishonamizki bizning texnoparkda ta’lim olgan yoshlar kelajakda o’z orzu-maqsadlariga yetishadilar va orzu qilgan kasblari bilan jamiyatga foyda keltiradilar.